Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

HAMAS garovdagi amerikalikni ozod qilishini ma’lum qildi

HAMAS garovdagi amerikalikni ozod qilishini ma’lum qildi

Bu haqda harakatning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e’lon qilindi.

"HAMAS Qo‘shma Shtatlar ma’muriyati bilan muzokaralar olib bordi hamda maslahatlashuvlar natijasida ijobiy munosabat ko‘rsatish va ikki fuqarolikka ega bo‘lgan garovga olingan Eden Aleksandrni ozod qilishga qaror qilindi. Mahbusning ozod etilishi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning bir qismi", deyiladi xabarda.

HAMAS garovga olingan shaxs qachon ozod etilishi mumkinligi haqida aniq ma’lumot bermadi, biroq harakat G‘azo bo‘yicha zudlik bilan intensiv muzokaralarni boshlashga tayyor ekanini, G‘azodagi janglarni to‘xtatish va isroillik garovga olinganlarni falastinlik mahbuslarga almashish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun jiddiy sa’y-harakatlarni amalga oshirishgae’tibor qaratishini bildirdi.

Kiritildi: 11:45 12.05.2025. O'qildi: 612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!