Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

HAMAS yetakchilaridan biri Muhammad Sinvarning jasadi G‘azo sektori janubidagi tonneldan topildi — Al Hadath

HAMAS yetakchilaridan biri Muhammad Sinvarning jasadi G‘azo sektori janubidagi tonneldan topildi — Al Hadath

Telekanal manbalariga ko‘ra, Muhammad Sinvar va HAMASning yana 10 nafar a’zosining jasadlari Xan-Yunis shahri ostidagi tonneldan topilgan.

Bir necha kun oldin Isroil Harbiy-havo kuchlari G‘azo sektori janubiga kuchli havo zarbalari bergan edi. SAXAL mazkur hujumga "HAMAS qo‘mondonlik markazini yo‘q qilishga qaratilgan harakat", deya izoh bergan edi.

Muhammad Sinvar — HAMASning marhum yetakchilaridan biri Yahyo Sinvarning ukasi hisoblanadi. Yahyo Sinvar 2024 yil oktyabrida, HAMAS siyosiy byurosining rahbari etib tayinlanganidan ko‘p o‘tmay, o‘ldirilgan edi.

Kiritildi: 12:22 18.05.2025. O'qildi: 649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!