Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Halol sertifikatlashtirish bo‘yicha memorandum imzolandi

A A A
Halol sertifikatlashtirish bo‘yicha memorandum imzolandi

Madaniyat va turizm vazirligi qoshidagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan “World Halal Trust Group” va “Halol “MAIB” Xalqaro sertifikatlashtirish markazi” MCHJ bilan Halol turizm sohasida yaqin hamkorlikni rivojlantirish maqsadida memorandum imzolandi.

Memorandumda ikki tomonlama hamkorlik va ikki tomonlama aloqalarni o‘zaro manfaatlilik, shuningdek, teng huquqlilik, o‘zaro ishonch, o‘zaro tushunish, O‘zbekiston Respublikasida Halol turizmni rivojlantirishda ma’naviy va tijoriy maqsadga muvofiqlik samaradorligi asosida mustahkamlash, Halol turizm uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, davlatning iqtisodiy va madaniy rivojlanishida axloqiy me’yorlar va qoidalarning ahamiyati va muhimligini e’tiborga olish nazarda tutilgan.

Memorandumga binoan tomonlar Halol turizm, shu jumladan turizm xizmatlarini “Halol” sertifikatlash masalalari bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish va bunday tadqiqotlarni xalqaro, milliy, mintaqaviy darajalarda o‘tkazish usullarini ishlab chiqishda ishtirok etishlari, kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha qo‘shma dasturlarni tashkil etishlari, OIC/SMIIC 9:2019 “Halol turizm xizmatlari. Umumiy talablar” standarti talablariga muvofiqligiga mehmonxona xizmatlarini sertifikatlash bo‘yicha birgalikda ishlarni amalga oshirishlari mumkin, deb xabar beradi Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati.

Kiritildi: 14:52 17.07.2023. O'qildi: 1038 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!