Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Hakan Fidan: Turkiya, Suriya va Iroq terrorchilarni birgalikda yo‘q qilishlari kerak

A A A
Hakan Fidan: Turkiya, Suriya va Iroq terrorchilarni birgalikda yo‘q qilishlari kerak

Turkiya, Suriya va Iroq terrorchilarni birgalikda yo‘q qilishlari kerak.

“Report” “Anadolu” agentligiga tayanib, bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Bag‘dodda Iroq bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, uch davlat PKK va DAISh terror tashkilotlariga qarshi birgalikda kurashishi kerak.

“Biz Iroqning PKKni terror tashkiloti sifatida tan olishini kutamiz”, - deya qo‘shimcha qildi H.Fidan.

U, shuningdek, Iroq va Suriyaning yangi hukumati o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash kerakligini ta’kidladi.

Turk vaziri G‘azodagi vaziyat haqida ham gapirdi: “Otashkesim davom etishini tilaymiz”.

Kiritildi: 22:12 26.01.2025. O'qildi: 1298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!