Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Hakamlar hay’ati qarori: Tramp aybdor. U o‘zini «siyosiy mahbus» deb atagan

A A A
Hakamlar hay’ati qarori: Tramp aybdor. U o‘zini «siyosiy mahbus» deb atagan

AQSh prezidenti Jo Baydenning saylovoldi tashviqotida aytilishicha, hakamlar hay’atining sobiq prezident Donald Trampga nisbatan biznes hujjatlarini soxtalashtirish bo‘yicha hukmi hech kim qonundan ustun emasligini ko‘rsatdi.

Tashviqotning ta’kidlashicha, hakamlar hay’ati qaroriga qaramay, Tramp Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lib qolmoqda. «Donald Trampni Oval kabinetga kiritmaslikning yagona yo‘li bor: saylov qutisi orqali».

Kongressdagi demokratlar hukmni olqishladi.

Shu bilan birga, Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson va sobiq prezident tarafdorlari hay’at qarorini tanqid qildi. «Bugun Amerika tarixida sharmandali kun», dedi Jonson bayonotida.


Uning fikricha, Tramp ustidan sud jarayoni «huquqiy emas, siyosiy voqea»dir.


Hujjatlarni soxtalashtirishda aybdor deb topilgan AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp qonunni buzmaganini aytdi.

«Men mutlaqo aybsizman», - dedi Tramp.

Trampning saylovoldi kampaniyasi allaqachon o‘z tarafdorlariga «siyosiy mahbus»ning Oq uyga qaytishiga yordam berish uchun mablag‘ ajratishni taklif qilmoqda.

«Men hozirgina soxta siyosiy jodugar ovida aybdor deb topildim. Men hech qanday noqonuniy ish qilmadim... Sizning yordamingiz bilan biz Oq uyni qaytarib olamiz va Amerikani yana buyuk qilamiz», deyiladi AQSh sobiq prezidentining saylovoldi tashviqoti sayti xabarida. Unga Trampning «siyosiy mahbus» deb yozilgan surati ham qo‘shilgan. U yerda foydalanuvchilarga bir martalik yoki oylik xayriya miqdorini tanlash taklif etilmoqda.

Kiritildi: 07:52 31.05.2024. O'qildi: 1507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!