Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

“Haj – 2023” ishchi guruhi: mavsumga tayyorgarlik avjida

A A A
“Haj – 2023” ishchi guruhi: mavsumga tayyorgarlik avjida

Avval xabar berganimizdek, Haj mavsumi joriy yilning 4 iyun kunidan boshlanadi. Ushbu muborak safarni yuqori saviyada tashkil qilish va hamyurtlarimiz amallarini chiroyli ado etishlari uchun barcha shart-sharoitlar hozirlanmoqda.

Bu yilgi mavsumni yuqori darajada tashkil etish va ziyoratchilarimiz uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda, Saudiya Arabistonida ziyoratchilarga namunali xizmat ko‘rsatish va ular haj ibodatlarini mukammal ado etishlari uchun “Haj – 2023” ishchi guruhi tomonidan mavsumga keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ziyoratchilar istiqomat qilishi rejalashtirilgan Madina shahridagi “Zam-zam Pullman”, Makka shahridagi “Roshidiya”, “Abraj al-Dana”, “Laba Darna”, “Ruba al-Hijaz” mehmonxonalari atroflicha ko‘zdan kechirilmoqda.

Xususan, har bir xonada yotoq choyshablarining ozodaligi, yuvinish xonasidagi sharoitlar, sovutgich, muzlatgich, jurnal stoli, qibla ko‘rsatkichi, joynamoz, Qur’oni karim, telefon, televizor va zamonaviy mebellar bilan jihozlanganiga alohida e’tibor qilindi.

Shuningdek, oshxonadagi stol-stullar, ovqat tarqatish joylari va tibbiy bo‘limdagi o‘rinlar soni, jihozlar holati, dori-darmon saqlash ombori ko‘zdan kechirildi hamda ziyoratchilar uchun xizmatlar sifatini yanada oshirishga e’tibor qaratildi. Ziyoratchilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi belgilar foyelar, koridorlar, qavatlar va liftlarga o‘rnatildi.

Ishchi guruhi tomonidan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorgarlik ishlari ziyoratchilarimizning birinchi guruhi muborak zaminga yetib borgunga qadar davom etadi.

«Haj-2023» safari bilan bog‘liq jarayonlar haqida rasmiy sahifalarimizda ma’lumot berib boramiz.

Kiritildi: 15:57 28.05.2023. O'qildi: 3415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!