Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlariga ajratilgan mablag‘ yetarli bo‘lmadi, sotilmagan chiptalar ko‘p.
Bu haqda Turkiyaning “Haber Global” telekanalining Fransiyaga jo‘natilgan muxbiri Emre Timur tomonidan Parij Olimpiadasi haqida tayyorlangan materialida aytiladi.
Ma’lum qilinishicha, musobaqalar uchun mo‘ljallangan suvda bakteriyalar aniqlangan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Parij infratuzilmasida ham jiddiy muammolar mavjud: «Bu transportga to‘sqinlik qilmoqda. Bu holatdan mahalliy aholi ham, sayyohlar ham norozi. Jamoat transporti narxi ikki baravar oshdi. Bu esa mahalliy aholining noroziligini oshiradi».
E.Timur mamlakatda Olimpiada muhiti sezilmayapti, dedi.
Muxbir Fransiya davlat kanalining Olimpiadani siyosiylashtirishiga e’tibor qaratdi.