Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Haber" AA: "O‘zbekiston gul yuzli odamlar mamlakati"

"Haber" AA: "O‘zbekiston gul yuzli odamlar mamlakati"

Turkiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalaridan hisoblangan «Haber» AA saytida «Biz Buxoroda, siz ham keling!» («Buhara’dayız, siz de gelin!») va «Aydindenge» saytida «O‘zbekiston gul yuzli odamlar mamlakati» («Güleç yüzlü insanlar ülkesi ÖZBEKİSTAN») sarlavhali maqolalar chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Materiallar mamlakatimizning turizm salohiyati va tarixiy shaharlarimizga bag‘ishlangan.
Ushbu nashrlarda O‘zbekistonning boy ma’naviy-tarixiy merosi, yil sayin rivojlanib borayotgan turizm salohiyati xorijda tobora katta qiziqish uyg‘otayotgani ta’kidlangan.

Mualliflar O‘zbekiston, xususan, Buxoro shahriga sayohati, ulug‘ allomalarimiz maqbaralari ziyoratidan olgan taassurotlarini bayon qilgan. Ularning qayd etishicha, O‘zbekistonning jozibadorligini oshiradigan qator jihatlar bor. Xususan, Samarqanddagi dunyoga mashhur qadamjolar va Registon maydoni, Buxorodagi «Etti pir» ziyoratgohlari har qanday kishini o‘ziga jalb etishi tayin.

Turk jurnalistlarining yozishicha, jahon tarixida munosib iz qoldirgan ushbu qadimiy go‘zal mamlakatning tarixiy durdonalarni har bir inson umri davomida bir marta bo‘lsada o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi shart.

Materiallarda O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi ziyoratgohlar haqida ham atroflicha ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, turkiyaliklarni O‘zbekistonga imkon qadar uzoqroq vaqt davomida qolish va ziyorat qilishga da’vat etilgan.

«Bir haftalik sayohat O‘zbekistonni kashf qilish uchun yetarli emas. Bu serquyosh diyorga imkon qadar ko‘proq muddatga safar qiling», - deb yozadi mualliflar.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Kiritildi: 20:31 24.02.2021. O'qildi: 2900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!