Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Gvineyada uch kunlik motam e’lon qilindi

Gvineyada uch kunlik motam e’lon qilindi

Gvineyada mamlakat janubi-sharqidagi stadionda yuz bergan mushtlashuvda halok bo‘lganlar uchun uch kunlik milliy motam e’lon qilindi. Bu haqda Anadolu nashri yozdi.

Hukumat bayonotida Konakridan 850 kilometr uzoqlikdagi Nzerekorda General Mamadi Dumbouya futbol turniri vaqtidagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan 56 kishini xotirlash uchun qora kun e’lon qilingani bildirildi.

Bosh vazir Bax Uri boshchiligidagi delegasiya voqea joyida tergov olib borish uchun Nzerekoraga bordi.

Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan “Nzerekor” va “Labe” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hakam mezbonlar darvozasiga penalti belgilaganidan so‘ng muxlislar g‘alayon ko‘tarishdi.

Polisiya Labe muxlislarini hakamga hujum qilishini to‘xtatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan, muxlislar esa huquq-tartibot xodimlariga tosh otish bilan javob bergan.

Janglar natijasida 56 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘ldi, yuzlab odamlar yaralandi.

Kiritildi: 16:02 03.12.2024. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!