Yanvar oyida Rodrigoning "Real"dan ketishi haqiqatga yaqin bo‘lib bormoqda. Transfer News Live’ning TEAMtalk’ga tayanib xabar berishicha, braziliyalik futbolchi uchun asosiy da’vogar "Manchester Siti" hisoblanadi. Transfer qiymati 70 million funtga (80 million yevro) yetishi mumkin.
"Chelsi" ham Rodrigoga qiziqmoqda, lekin Londonda Estevaoning taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi uchun shubhalanishmoqda. O‘z navbatida "Tottenxem" maosh talabi tufayli muzokaralardan bosh tortdi.
Rodrigo "Real"da ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti, bu esa uning JCH-2026ga borish imkoniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yanvar oyida Rodrigo 25 yoshga to‘ladi.