“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola joriy mavsumdagi Angliya Premyer-ligasi uchun kurash haqida fikr bildirdi.
“Hozir hamon noyabr, bu ligada noyabrda hech narsa aniqlanmaydi. Fevralda nima bo‘ladi, martda nima bo‘ladi — hech kim bilmaydi. Ehtiyotkor bo‘lish kerak. Endigina mavsum boshlanyapti. Noyabr oyidagi xalqaro tanaffus tugadi — endilikda har 3–4 kunda o‘yin. Haqiqiy mavsum endi boshlanadi. Asosiysi — yuqori o‘rinlarga yaqin turish va mavsum oxiriga titul uchun kurash imkoni bilan yetib bor. Agar ertaga yutib olsak, muhim qadamni qo‘yib olgan bo‘lamiz", — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
Premyer-liga jadvalida “Siti” hozircha 2-o‘rinda, yetakchi “Arsenal”dan 4 ochko kam to‘plagan.
Shanba kuni “Manchester Siti” safarda “Nyukasl”ga qarshi muhim bahs o‘tkazadi.