Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

G‘uzordagi bozorga eshik qolib, teshikdan kirishyapti (video)

G‘uzordagi bozorga eshik qolib, teshikdan kirishyapti (video)

G‘uzor tumani dehqon bozoriga kiradigan asosiy yo‘l karantin sabab yopib qo‘yilgan.

Xalq tilida «3 damaslari to‘xtaydigan joy» deb nomlangan bozorga tushish yo‘lidan kuniga bir necha ming odam kirib- chiqardi, deyiladi "nnews.uz" xabarida.

Bizga yetib kelgan videoga ko‘ra, odamlar shunda ham, xavfli bo‘lsa ham, qo‘yilgan to‘siqlardan oshib o‘tishga harakat qilmoqda.

Sababi, bozorga boshqa yo‘l bilan kirish ancha vaqtni oladi va ortiqcha ovvoragarchiliklarni keltirib chiqarar ekan.

Odamlarni ham to‘g‘ri tushunish kerak. O‘zi shundog‘am karantin deb fuqarolarimiz ancha ezildi. Bir tarafdan narx-navoning oshib ketishi, ikkinchi tarafdan taqiqlar ko‘pchilikni charchatdi.
Bu ham yetmagandek, «otni kallasidek» jarimalar ko‘pchilikning yukini og‘ir qildi.

Aslida bozorning asosiy darvozasi qolib «teshikdan» kirib-chiqayotganlarni kimdir nazorat qilishi, tushuntirish ishlari olib borishi kerak emasmi?

Chunki o‘zlari uchun yo‘l ochib olganlar dezinfeksiya tunelidan o‘tishmaydi. Harorati o‘lchanmaydi.
Demak, ular ham virus tashuvchisi bo‘lishi mumkinku.

Nega tuman mas’ullari, bozor ma’muriyati bu holatga beparvo?

Ahror Sharipov

Kiritildi: 21:41 28.06.2020. O'qildi: 4954 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!