Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Go‘zal dunyo»: Rimda taniqli fotosuratchining O‘zbekistonda olgan suratlari namoyish qilinmoqda

A A A
«Go‘zal dunyo»: Rimda taniqli fotosuratchining O‘zbekistonda olgan suratlari namoyish qilinmoqda

25 may kuni Rimdagi Bonapart saroyida moda olamining eng dovrug‘li fotosuratchilaridan biri Mario Testinoning «Go‘zal dunyo» ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

So‘nggi yetti yilni Testino moda olamidan tashqarida yangi mavzularni izlab topishga bag‘ishladi. O‘z ishining mohir ustasi mintaqa xususiyatlarini o‘rgangan holda mamlakatlarning madaniy qadriyat tizimlaridan ilhomlanib, yangi ko‘rgazma asosini tashkil etgan betakror fotosuratlarni to‘pladi.

Ko‘rgazmada Mario Testinoning O‘zbekiston bo‘ylab amalga oshirgan ekspedisiyalari mobaynida tasvirga tushirgan asarlari namoyish etilmoqda. Ular orasida Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo va Buxoro kelinlari hamda kurashchi polvonning suratlari o‘rin olgan. Shuningdek, taqdimotga O‘zbekistonda olingan Axaltaka tulporlarining multimedia fotosuratlari ham qo‘yilgan. Loyiha O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi madadi bilan tayyorlangan.

Ko‘rgazma Bonapart saroyida 2024 yil 25 avgustga qadar muxlislarga muntazir.

Kiritildi: 12:40 27.05.2024. O'qildi: 3285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!