«Real» sobiq yarimhimoyachisi Guti Madrid klubining YECHL 1/4 finali doirasidagi «Arsenal»ga qarshi o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
«Siz har doim yarimfinal va finalga chiqishda bosimga o‘rganishingiz kerak. Agar bunga tayyor bo‘lmasangiz, muhim o‘yinlarda sizga juda qimmatga tushadi. «Arsenal»da ham odatda shunday bo‘ladi. Bu — juda yaxshi jamoa.
«Real»da esa aksi. Bu — klubning buyukligidan. Ular bosimlarga ko‘nikib qolishgan. Hal qiluvchi bosqichlarda tanangiz va ongingiz tezroq ishlaydi.
«Real» Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishi uchun yaxshi o‘ynashi shart emas, buni allaqachon isbotlagan», — dedi Guti El Periodico'ga bergan intervyusida.