Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Guterrish: Keksalar orasida havo isishi oqibatida o‘lim ko‘rsatkichi 85 foizga oshdi

Guterrish: Keksalar orasida havo isishi oqibatida o‘lim ko‘rsatkichi 85 foizga oshdi

So‘nggi yigirma yil ichida haddan tashqari yuqori havo harorati tufayli vafot etgan 65 yoshdan oshgan odamlar soni 85 foizga oshdi.

Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bayonot berdi, deb xabar beradi tass.ru.

“Hamma joyda havoning halokatli darajadagi issishi kuzatilmoqda, lekin haroratning ko‘tarilishidan eng ko‘p aziyat chekayotganlar shahardagi kambag‘allar, homilador ayollar, nogironlar, qariyalardir”, deydi u. “Misol uchun, issiq tufayli 65 yoshdan oshgan odamlar orasida so‘nggi 20 yil ichida o‘lim ko‘rsatkichi 85 foizga oshdi”, dedi Guterrish, BMT qarorgohida dunyo bo‘ylab rekord harorat kuzatilayotganiga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Bundan tashqari, BMT rahbarining ta’kidlashicha, asrning o‘rtalariga kelib haddan tashqari issiqda yashovchi kambag‘allar soni “700 foizga ko‘payishi mumkin”. “Haddan tashqari issiq harorat tengsizlikni kuchaytiradi, oziq-ovqat xavfsizligini keltirib chiqaradi va odamlarni yanada qashshoqlik domiga tortadi”, deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 07:24 27.07.2024. O'qildi: 697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!