Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Guterrish BMT Turkmaniston bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi

Guterrish BMT Turkmaniston bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Turkmaniston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor.

Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Turkmaniston Xalq Maslahati (Xalq kengashi) raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan suhbatda ma’lum qildi.

Guterrish so‘nggi yillarda yangi sifat va mazmun kasb etgan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga Berdimuhamedovning katta shaxsiy hissasi borligini ta’kidladi. O‘z navbatida Xalq kengashi rahbari xalqaro tashkilotlar va BMTning tarkibiy bo‘linmalari bilan aloqalar samaradorligi haqida ma’lumot berib, Bosh kotibga sayyorada o‘zaro anglashuv va ishonch muhitini o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Turkmaniston tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.

Kiritildi: 10:03 06.07.2024. O'qildi: 555 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!