Bugun 21 mart, 2025 yil, juma

КИР

Go‘sht narxi faqat bizda oshyaptimi?

Go‘sht narxi faqat bizda oshyaptimi?

Go‘sht narxining oshishi nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda kuzatilmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil dekabr oyida global miqyosda go‘sht narxlari 2023 yil dekabriga nisbatan 2,7 foizga oshgan.

Tashkilotga ko‘ra, bunday holat dunyoda go‘sht ishlab chiqarish hajmining sekinlashishi va yirik import qiluvchi davlatlarda talabning yuqoriligi bilan bog‘liq. Bu esa mol, qo‘y va tovuq go‘shti narxlarining oshishiga olib kelmoqda.

O‘zbekistonda ham yer va suv resurslari cheklangan bo‘lishiga qaramay, 2025 yil fevral oyida mol go‘shti narxi 3,7 foizga oshdi. Taqqoslash uchun, keng yaylovlarga ega Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 6,2 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, Rossiyada yil boshidan buyon tovuq go‘shti narxi 9,7 foizga oshgan. Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 4,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, Qirg‘izistonda narxlar deyarli o‘zgarishsiz qolgan. O‘zbekistonda esa tovuq go‘shti narxi hatto 0,5 foizga arzonlashgan.

Umuman olganda, O‘zbekistonda go‘sht narxi mintaqaviy tendensiyalar doirasida saqlanib turibdi va global bozor tebranishlariga nisbatan barqaror.

Kiritildi: 17:37 20.03.2025. O'qildi: 5090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!