Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Gurlanda fuqaroning 2 mlrd. so‘mdan ortiq qarzi undirib berildi

Gurlanda fuqaroning 2 mlrd. so‘mdan ortiq qarzi undirib berildi

Majburiy ijro byurosi Gurlan tumani bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining 21.05.2025 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor D.S.dan undiruvchi A.K. foydasiga 1.939.082.914 so‘m asosiy qarz, 71.464.000 so‘m davlat boji va 37.500 so‘m pochta xarajati, jami 2.010.584.414 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari taraflarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdordan yuqorida ko‘rsatilgan jami 2 mlrd. 10 mln. 584 ming 414 so‘m pullar to‘liq undirib berilgan va ijro hujjati amalda ijro etilganligi sababli tamomlandi.

Kiritildi: 17:19 08.08.2025. O'qildi: 825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!