Bugun 8 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Gunvor “Lukoyl”ning xorijdagi aktivlarini sotib olishdan bosh tortdi

Gunvor “Lukoyl”ning xorijdagi aktivlarini sotib olishdan bosh tortdi

Gunvor “Lukoyl”ning xorijdagi aktivlarini sotib olishdan bosh tortdi, bunga AQSh Moliya vazirligi kompaniyani “Kremlning qo‘g‘irchog‘i” deb atagani sabab bo‘ldi — Politico.

Avvalroq Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi AQSh sanksiyalariga tushgani sababli 20 milliard yevro qiymatidagi xorijdagi aktivlarini sotishini e’lon qilgan edi. Oradan bir necha kun o‘tib, “Lukoyl” Gunvor neft treyderi bilan bu masalada kelishuvga erishgandi.

Bitimni amalga oshirish uchun AQSh sanksiya organlarining roziligi zarur edi. Biroq Qo‘shma Shtatlar Moliya vazirligi buni rad etdi.

"Putin bu ma’nosiz qotilliklarni davom ettirar ekan, “Kremlning qo‘g‘irchog‘i” Gunvor hech qachon faoliyat yuritish va foyda olish uchun lisenziya olmaydi", deya bayonot berdi vazirlik.

Shundan so‘ng, Gunvor vakili Set Piyetras Politico nashriga kompaniya “Lukoyl”ning xorijdagi aktivlarini sotib olish bo‘yicha taklifini qaytarib olganini ma’lum qildi.

Ma’lumotl uchun, Gunvor 2000 yilda shved tadbirkori Torbyern Torkvist va Vladimir Putinning do‘sti Gennadiy Timchenko tomonidan tashkil etilgan. Timchenko 2014 yilda o‘z ulushini sotgan bo‘lsa-da, Torkvist Rossiya bilan aloqalarni saqlab qolgan.

Kiritildi: 16:51 07.11.2025. O'qildi: 1179 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!