Gruziyaning sobiq prezidenti Salome Zurabishvili AQShning Arizona universiteti negizida tashkil etilgan Makkeyn institutida ish topdi. Siyosatchi 2025 yilda Kissinjer stipendiyasi sifatida e’lon qilingan. Bu haqda tashkilot saytida ma’lum qilindi.
"Makkeyn instituti xodimi sifatida Zurabishvili o‘zining katta diplomatik, yetakchilik va siyosiy tajribasidan yangi saylovlar o‘tkazish va mamlakatining demokratik yo‘lidan borish uchun foydalanadi”, — deyiladi bayonotda.
Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Zurabishvili allaqachon Gruziyani tark etgan.
Bugun, 8 yanvar kuni hukmron “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” partiyasi siyosiy kengashi bayonotida aytilishicha, Gruziya Ukraina ssenariysidan qochishga muvaffaq bo‘lgan, biroq mamlakatda tinchlikni saqlash uchun kurash davom etmoqda.
"Gruziya katta sa’y-harakatlar va murosasiz kurash natijasida Ukraina ssenariysidan qochishga muvaffaq bo‘ldi, ammo tinchlik uchun kurash davom etmoqda va bu kurash yakunlanishi kerak", - deyiladi partiya siyosiy kengashi bayonotida.
Bundan tashqari, “Gruziya orzusi” bayonotida “Chuqur davlat” deb ataluvchi tashkilotning Vashington va uning tashqi siyosatini nazorat qilishga urinishlari haqida so‘z boradi. Gruziya Ukrainadagi kabi jahondagi mavjud inqirozli vaziyatlar “chuqur davlat” harakatlarining natijasi ekanligiga ishonch bildiradi.
Zurabishvili avvalroq Gruziyada 2024 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalarini tan olmasligini, shuningdek, muxolifat partiyalari va muxolifat namoyishlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi. U iste’foga chiqishni rad etdi. 2024 yil 29 dekabrda Zurabishvilining vakolat muddati tugadi. 2024 yil 14 dekabrda 300 kishidan iborat hay’at “Gruziya orzusi” nomzodi Mixail Kavelashvilini prezident etib sayladi. Kavelashvilining inaugurasiya marosimi 29 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Shu kuni Zurabishvili prezident qarorgohini tark etishini ma’lum qildi.