"Kuchli Gruziya" koalisiyasi rahbari, TVS Bank asoschisi Mamuka Xazaradze Saakashvili davrida yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklar yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan tergov va sud majlisiga chaqirilgan, ammo u yerga kelmagan.
Prezident Saakashvili davrida xususiy mulk huquqlari qo‘pol buzilishi sodir bo‘lgan, ko‘plab kompaniya mulkdorlari qamoqqa olingan ularning biznesi tortib olingan. Xususan Gruziyada faoliyat yuritgan 120ta neft shirkatidan atigi 5tasi qolgan, dedi Gruziya parlamenti deputati Sozar Subari.
Gruziya qonunchiligiga ko‘ra sud majlisiga kelmaslik bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.