Gruziyada namoyishchilar polisiyaga pirotexnika vositalari bilan hujum qildi, xavfsizlik kuchlari esa ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan javob berdi.
***
AQSh Davlat departamenti polisiyaning gruziyalik namoyishchilarga nisbatan haddan tashqari kuch ishlatishini qoraladi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi o‘rinbosari Vedant Patel brifingda ma’lum qildi.
«Biz polisiyaning gruziyalik namoyishchilarga nisbatan haddan tashqari kuch ishlatishini qoralaymiz. Ular tinch yig‘ilishlar va o‘z fikrlarini bildirish erkinligi huquqidan, jumladan, tinch namoyish o‘tkazish imkoniyatidan foydalanishga intiladi.
Qo‘shma Shtatlar jurnalistlarning hibsga olinishi va hujumlari haqidagi xabarlardan chuqur xavotirda. Biz erkin matbuot demokratik tuzumning tamal toshi, deb hisoblaymiz.
Biz barcha tomonlarni namoyishlarning tinch xarakterini ta’minlashga chaqiramiz va Gruziya hukumatini qonun ustuvorligini, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini qat’iy hurmat qilishga chaqiramiz».