Bugun 9 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Gruziya saylovlar arafasida Rossiya bilan yarashmoqchi

 Gruziya saylovlar arafasida Rossiya bilan yarashmoqchi

Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze Rossiya bilan mojaroni hal etishni mamlakat oldidagi ustuvor vazifa sifatida belgilab berdi. Bu bayonot 26-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari fonida aytildi. «Gruziya orzusi – demokratik Gruziya» hukmron partiyasining saylovoldi dasturini taqdim etar ekan, Kobaxidze pragmatik yondashuv va Moskva bilan mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish muhimligini ta’kidladi.

Kobaxidzening qayd etishicha, Rossiya bilan murosa Gruziya AQSh va Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashishdan bosh tortadi, degani emas. Bosh vazir Tbilisining G‘arb bloklari va ittifoqlariga qo‘shilishini «eng muhim milliy vazifa» deb atadi. U, shuningdek, qo‘shni davlatlar, jumladan, Armaniston, Ozarbayjon va Turkiya bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolgan holda, NATO bilan aloqalarni mustahkamlash va Xitoy bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

Yaqinlashib kelayotgan saylovlar munosabati bilan 12 yildan beri hokimiyatda bo‘lgan «Gruziya orzusi» partiyasi o‘zining eng jiddiy ishonch inqirozini boshidan kechirmoqda – reytinglari tushib bormoqda, «Milliy harakat» yetakchiligidagi tarqoq muxolifatning nufuzi esa oshib bormoqda. Gruziya qonunchiligiga ko‘ra, partiyalar parlamentga kirish uchun 5 foizdan ko‘proq ovoz olishi kerak.

Kiritildi: 23:25 08.10.2024. O'qildi: 281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!