Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Da’vo arizasini hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi deputatlari hamda parlamentdagi ikki siyosiy guruh — “Evropa sosialistlari” va “Xalq kuchi” vakillari topshirgan, deya xabar bermoqda nashr.
Mamlakat sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining “Yagona milliy harakat” partiyasidan tashqari, “O‘zgarishlar uchun koalisiya” va “Kuchli Gruziya–Lelo” partiyalarini ham taqiqlash taklif etilgan. “Gruziya orzusi” ularni "kollektiv milliy harakat" deb atagan. Konstitusiyaviy sudga qaror qabul qilish uchun to‘qqiz oy vaqt berilgan.
O‘tgan yilgi parlament saylovlari yakuniga ko‘ra, to‘rtta muxolif siyosiy kuch minimal ovoz olish to‘sig‘ini yengib o‘tgan edi. Ularning barchasi saylov natijalarini tan olmasdan parlament ishida ishtirok etishdan bosh tortgan. Biroq sobiq bosh vazir Giorgiy Gaxariya rahbarlik qilayotgan “Gruziya uchun” partiyasi saylovlardan bir yil o‘tib boykotni bekor qilgan va parlament ishida qatnashishni boshlagan. “Gruziya orzusi” da’vo arizasida ushbu partiyani taqiqlashni talab qilmagan.