Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Grossi: “Eronda hali ham 60 foizgacha boyitilgan 440 kg uran bo‘lishi mumkin”

Grossi: “Eronda hali ham 60 foizgacha boyitilgan 440 kg uran bo‘lishi mumkin”

Xalqaro Atom Energiyasi Agentligi (MAGATE) Eronda taxminan 440 kg 60% gacha boyitilgan uran bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi.. MAGATE bosh direktori Rafael Grossi bu haqda Foreign Policy jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bu taxminan 440 kg 60% gacha boyitilgan uran va undan ham ko‘proq miqdorda 20% va 5% darajalariga boyitilgan uran. Demak, u yerda katta miqdordagi yadroviy materiallar mavjud", dedi u.

Grossi MAGATE inspektorlari hozirda Eronning yadroviy inshootlariga kirish imkoniga ega emasligini ta’kidladi. "Shuning uchun, boshqa narsalar qatori, bu kirishni tiklash juda muhim. Va yana bir nuqta bor: yadroviy materiallar hali ham u yerda", deya qo‘shimcha qildi u.

"Ularning boshqa joyga yo‘naltirilmaganligini yoki hech qayerga yashirilmaganligini tekshirish uchun u yerga qaytib borishimiz kerak", deya qo‘shimcha qildi Grossi. MAGATE tasnifiga ko‘ra, yadroviy qurol ishlab chiqarish uchun uran 90% gacha boyitilishi kerak va taxminan 42 kg 60% gacha boyitilgan uran bitta yadroviy qurol yaratish uchun "nazariy jihatdan yetarli".

Avvalroq Eron prezidenti Masud Pezeshkian Islom davlatida yadroviy qurol yo‘qligini tasdiqlash uchun mamlakat ichida har qanday tekshiruv o‘tkazishga tayyorligini bildirgan edi.

Kiritildi: Bugun 09:20. O'qildi: 361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!