Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Gresiyada tom qismi metall shishadan ishlagan 3000 ot kuchiga ega giperkar yaratildi

Avto A A A
Gresiyada tom qismi metall shishadan ishlagan 3000 ot kuchiga ega giperkar yaratildi

Spyros Panopoulos Automotive va uning asosichisi Spiros Panopulos ushbu modelni dunyodagi eng birinchi «ultrakar» deb ataydi — avtomobil barcha jihatlari bo‘yicha o‘z raqobatchilarini ortda qoldiradi. Yuqori sifatga nafaqat titan va keramik porshenlarga ega dvigatel, shuningdek, Zylon polimerli ugleplastikdan ishlangan shatunlar, balki kuzov paneli va monokok materiallari ham javob berishi kerak. Mazkur model tomi AQShdagi uchta universitet mutaxassislari tomonidan 2016 yilda yaratilgan SAM2X5-630 metall shishadan ishlangan.

Gresiyada yaratilgan giperkarga 4,0 litrli tvin-turbo o‘rnatilgan. Titan porshen va shatunlarga ega dvigatel varianti 2000 ot kuchini taqdim eta oladi, kuchliroq variantlari esa 3000 ot kuchigacha. Giperkar sakkiz pog‘onali «robot» uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Mashinani yaratishda ishlatilgan material noyob mexanik xususiyatga ega: u kuchli zarbalarga bardosh berishga qodir, ta’sir etgan kuchdan so‘ng u o‘z shaklini qayta tiklay oladi. Dinamik pishiqlik ko‘rsatkichi 12 gigapaskalga teng. Masalan, zanglamaydigan po‘latda ushbu ko‘rsatkich 0,2 ga, zirhni teshuvchi o‘qlar «yurakchasi»da ishlatiladigan volfram karbidida esa 4,5 gigapaskalga teng.

Metall shisha — Spyros Chaos konstruksiyasidagi yagona noodatiy material emas. Giperkar monokoki Zylon tolasidan ishlangan. NASA ushbu polimerdan haddan tashqari bosimli yuzalarda, SpaceX esa Crew Dragon parashutchilari chilvirini yasashda foydalanadi.

Spyros Chaos kuz faslida Jenevada taqdim etiladi.

Kiritildi: 21:56 29.06.2020. O'qildi: 2183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!