Afinada chorshanba kuni umummilliy ish tashlash tufayli jamoat transporti to‘xtab qoldi.
Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Bundan tashqari, materik Gresiyani orollar bilan bog‘lovchi paromlarning harakati bir necha soatga to‘xtatilgan.
Chorshanba kuni davlat sektori va xususiy sektor xodimlari hukumat harakatlaridan, xususan, inflyasiyaga qarshi kurashdan noroziligi sababli 24 soatlik ish tashlash e’lon qildi.
Kasaba uyushmalari mamlakat hukumatini mehnatga layoqatli aholi turmush darajasi sezilarli darajada yomonlashganlikda ayblab, tanqid qiladi.
Kampaniyalarda boshqalar qatori tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilar ham ishtirok etadi.
Chorshanba kuni kechroq Afinada namoyishlar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.