Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Gresiya g‘ayritabiiy issiqlik tufayli maktablar va Akropolni yopdi

A A A
Gresiya g‘ayritabiiy issiqlik tufayli maktablar va Akropolni yopdi

Gresiya o‘zining asosiy sayyohlik joylaridan biri bo‘lgan qadimiy Akropolni va maktablarni yopib qo‘ydi. Butun mamlakat bo‘ylab shifokorlarni safarbar qildi, chunki u birinchi jazirama to‘lqiniga duch keldi. Bu haqda “Euronews” xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shimoliy Afrikadan issiq havo va chang olib kelayotgan janubiy shamollar tufayli payshanba kuni O‘rta yer dengizi bo‘yidagi mamlakatning ayrim hududlarida havo harorati 43 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. Parfenon ibodatxonasi joylashgan dunyodagi eng mashhur arxeologik yodgorliklardan biri joylashgan Akropol tepaligiga kirish yo‘li to‘sib qo‘yilgan va Qizil Xoch xodimlari bu yerga kelgan odamlarga shisha suv tarqatilishgan.

Akropolni ziyorat qilishni rejalashtirgan sayyohlar bu qarordan norozi ekanliklarini bildirib, Gresiya rasmiylari bu haqda oldindan xabardor qilmaganini aytishgan.

Gresiya hukumati sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan davlat xizmatchilariga milliy meteorologiya xizmati issiqlik to‘lqini pasayganini aniqlamaguncha uydan ishlashni buyurgan sirkulyar yubordi.

«Bu Gresiyada joriy yilgi g‘ayritabiiy issiqlikning birinchi to‘lqinidir. Ilgari bunday to‘lqinlar yozning o‘rtalarida sodir bo‘lgan va issiqlik 15 iyungacha hech qachon bo‘lmagan», deyiladi xabarda.

Kiritildi: 10:06 14.06.2024. O'qildi: 901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!