Grenlandiya bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen AQShning qo‘shimcha tariflar joriy etish qarori orolning o‘z taqdirini o‘zi belgilashga oid pozisiyasini o‘zgartirmaganini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, Grenlandiya — o‘z qarorlarini mustaqil qabul qilish huquqiga ega demokratik jamiyat. «Tariflar bilan tahdidlar bizning pozisiyamizni o‘zgartirmaydi. Biz muloqot, hurmat va xalqaro huquqqa amal qilish tarafdorimiz», — dedi Nilsen.
Bosh vazir, shuningdek, Daniya va Grenlandiyada o‘tgan qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlar aholi birdamligini namoyon etganini qayd etdi.
Avtonom hudud hisoblangan Grenlandiya avval ham AQShning suverenitetni o‘tkazishga oid takliflarini rad etgan edi.