Grenlandiya AQSh tarkibiga kirmoqchi emas, dedi orol bosh vaziri Mute Egede “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida.
– Biz amerikalik bo‘lishni, AQShning bir qismiga aylanishni xohlamaymiz, lekin Qo‘shma Shtatlar bilan mustahkam hamkorlik qilish istagidamiz, – degan siyosatchi. Orol Vashingtonga ko‘p narsa taklif qila oladi va AQSh resurslarni qazib olishga sarmoya kiritishi mumkin.
Prezidentlik lavozimini egallash arafasida Donald Tramp bir necha bor Grenlandiya Qo‘shma Shtatlar tarkibiga kirishi kerakligini aytgan.