Grenada bosh vaziri Dikon Mitchell Yevrokomissiya rahbaridan qullik uchun kechirim so‘rash va tovon to‘lashni talab qildi, deb xabar bermoqda Reuters
"Men qo‘pol ko‘rinishni istamayman. Lekin sizga reparasiyalar masalasi haqida gapirmoqchiman, bu masalani siz bilan muhokama qilamiz. Biz buni o‘zimiz va kelajak avlodlar uchun qilishga majburmiz. Qullikni insoniyatga qarshi jinoyat sifatida tan olish, buning uchun kechirim so‘rash va kompensasiya to‘lash hamda xalqaro hamjamiyat bu kabi voqealar hech qachon takrorlanmasligini ta’minlashi kerak", — deya bayonot berdi Mitchell.
Ursula fon der Lyayen Grenada bosh vazirining bayonotiga javob qaytardi, lekin reparasiyalar haqida hech narsa demadi.
"Qullik insoniyatga qarshi jinoyatdir. Har bir insonning qadr-qimmati hamda umumiy huquqlari daxlsizdir va har qanday vosita bilan himoya qilinishi kerak", — deya ta’kidladi Yevrokomissiya rahbari.
Bundan avval Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakalari Londondan qullik va qullar savdosi uchun kompensasiya talab qilishga qaror qilgan edi.