AQSh sudi Google'ni onlayn qidiruv sohasida monopolist deb tan oldi.
The New York Times nashrining yozishicha, Kolumbiya okrug sudi kompaniya Apple va Samsung kompaniyalariga o‘z qidiruv tizimini ularning smartfonlari va brauzerlarida standart variantga aylantirishi uchun milliardlab dollar to‘lagan va shu bilan raqobatchilarning imkoniyatlarini cheklagan.
Google vakillari sud qaroriga norozilik bildirdi va apellyasiya berishni rejalashtirmoqda.