Google kompaniyasi o‘zining ma’lumotlar markazini kengaytirish uchun Finlyandiyada 27 million yevroga teng yer uchastkasini sotib oldi. Bu haqda payshanba kuni mamlakat hukumati ma’lum qildi, deya xabar beradi Sinxua agentligi.
“Finlyandiya o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi (Metsahallitus) asosiy ma’lumotlarni qayta ishlash markazi bo‘lib xizmat qiluvchi shimoli-sharqiy Kayaani shahri yaqinidagi taxminan 1400 gektar yerni sotishga ruxsat oldi. Finlyandiyada bunday miqyosdagi yer bitimlari kam uchraydi”, - deyiladi hukumat matbuot relizi.
Google Finlyandiyada 2011 yildan beri ma’lumotlar markazlarini boshqarib keladi. Kompaniyaning Xamina kampusida hozirda 400 ga yaqin doimiy ishchi ishlaydi, deyiladi press-relizda.
2009 yilda Google Finlyandiyada birinchi ma’lumotlar markazini Xelsinkidan 145 km sharqda joylashgan Xamina shahrida qurdi. Joriy yilning may oyida AQSh texnologiya giganti o‘zining Xamina kampusini kengaytirish uchun 1 milliard yevro miqdoridagi yangi sarmoyani e’lon qildi, bu esa kelgusi ikki yil ichida yangi ish o‘rinlarini yaratishi kerak, deya xabar beradi mahalliy OAV.