Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Gondurasda kichik samolyot halokatga uchrab, kamida 6 kishi halok bo‘ldi

Gondurasda kichik samolyot halokatga uchrab, kamida 6 kishi halok bo‘ldi

Samolyot Roatan oroli sohilida dengizga qulab tushdi. Bu haqda Anadolu nashri yozdi.

Gondurasda bortida 17 kishi bo‘lgan kichik samolyot dengizga quladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishi halok bo‘lgan.

Roatan gubernatori Ugo Varelaning aytishicha, samolyot Xuan Manuel Galves aeroportidan ko‘tarilgan va Truxilyo shahriga yo‘l olgan, biroq havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay Roatan oroli qirg‘oqlarida dengizga qulagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qutqaruvchilar allaqachon olti nafar jasadni topgan, qidiruv ishlari davom etmoqda.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, samolyot halokatdan so‘ng yonib ketgan va bu qutqaruv xizmatlari ishini qiyinlashtirmoqda.

Kiritildi: 12:51 18.03.2025. O'qildi: 464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!