Gollandiya Harbiy razvedka va xavfsizlik xizmati (MIVD) Xitoyning kiber-josuslik kampaniyasining jiddiy oqibatlari haqida ogohlantirdi.
Joriy yiling fevral oyida xakerlar "FortiOS/FortiProxy"ning "CVE 2022 42475" zaifligidan "Fortigate" tarmoq xavfsizlik qurilmalariga zararli dasturlarni joylashtirish uchun foydalangani haqida xabar berilgan edi.
14 mingga yaqin qurilmalar, jumladan, o‘nlab davlat va xalqaro tashkilotlar, shuningdek, mudofaa sanoati korxonalari zararlangan.
Zararli dasturning qancha qurbonlari borligi noma’lum.