Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Golland seysmoli Frank Hugerbits yana ilmiy faoliyati natijalarini ochiqlashni boshladi

A A A
Golland seysmoli Frank Hugerbits yana ilmiy faoliyati natijalarini ochiqlashni boshladi

O‘zining seysmik prognozlari bilan tanilgan golland seysmoli Frank Hugerbits yana ilmiy faoliyati natijalarini ommaga ochiqlay boshladi.

G‘azo sektoridagi Isroil va Falastin urishidan so‘ng halok bo‘lgan minglab kishilar sabab, o‘zini minglab aholi o‘limini oldini olish uchun seysmik xavf-xatarlarni prognoz qilishni "mantiqsiz" deb atagan olim va uning jamoasi ilmiy prognozlarini ommaga ochiqlash faoliyatini bir muddatga to‘xtatgan edi.

Bugundan boshlab, olim yana astronomik sabablar fonida kuchli zilzilalardan ogohlantirish targ‘ibotlarini o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qila boshladi. Uning prognoziga ko‘ra, 13 mart kuni "Quyosh-Yupiter-Uran" astronomik joylashuvi Venera, Merkuriy va Oy ta’sirlari sabab Yerda seysmik faol zonalardan birida 8 M kuchli zilzila xavfi mavjudligi ta’kidlangan.

Quyoshdagi 11-yillik 25-siklik faollik ortgan ayni paytlarda F.Hugerbits prognozlari juda ham biz uchun zarur hisoblanadi. Olim Turkiya va Marokashdagi halokatli zilzilalar bo‘lishini voqeadan ikki-uch kun oldin aniq prognoz qila olgan edi.

Kiritildi: 23:24 10.03.2024. O'qildi: 1927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!