Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

GM Uzbekistan yana bir avtosalon bilan kelishuvni bekor qildi

A A A
GM Uzbekistan yana bir avtosalon bilan kelishuvni bekor qildi

«O‘zavtosanoat» AJ monitoring vaqtida aniqlangan qoidabuzarliklar oqibatida GM Uzbekistan AJ «Humo Avtosavdo» MCHJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qilayotganligini ma’lum qildi.

Kelishuvning bekor qilinishiga GM Uzbekistan avtomobillari savdosida shaffoflik bo‘lmaganligi, kompaniya tomonidan e’lon qilingan aksiyalarining munosib tashkil qilinmaganligi, avtosalon tomonidan kelishuv shartlarining doimiy ravishda buzib kelinganligi, avtosalon faoliyatidagi korrupsiya, avtomobillarni yetkazib berishda sun’iy bronlash holatlari, xaridorlarga mavjud avtomobillar xususida noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganlik, rasmiylashtirishda amalga oshirilgan qonunbuzarlik kabi holatlar sabab bo‘lgan. 

«Shuningdek, avtosalon tozalik va gigiyena talablariga rioya qilmaganligi mijozlarning qulay sharoitlarda avtomobil xarid qilishiga to‘sqinlik qilgan», - deyiladi «O‘zavtosanoat» xabarida.

Kiritildi: 11:00 15.10.2018. O'qildi: 1300 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!