Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Global notinch vaziyatda Qozog‘iston eksporti o‘sdi

Global notinch vaziyatda Qozog‘iston eksporti o‘sdi

Ukrainadagi urush va undan keyin jahon iqtisodiyotidagi notinchliklar fonida Qozog‘iston eksporti ko‘paydi. 2012-yildan beri birinchi marta eksport 40 foizga oshdi, notovar mahsulotlar savdosi esa sezilarli darajada oshib, tarixiy rekord o‘rnatdi, deb xabar beradi “Kazlenta”.

Rossiya va Xitoy Qozog‘istonning yetakchi hamkorlari bo‘lib qolmoqda, Rossiya yetkazib beruvchi, Xitoy esa Qozog‘iston mahsulotlarining xaridori.

Urush tufayli G‘arb davlatlariga energiya resurslari yetkazib berish ko‘paydi. Shunday qilib, birinchi beshta savdo hamkorlari qatoriga asosan neft sotib oladigan Italiya, Turkiya va Janubiy Koreya ham kiradi.

Notovar eksporti 26,5 milliard dollar, xomashyo eksporti 57,9 milliard dollarni tashkil etdi. Umuman olganda, eksport birinchi marta 2012-2013 yillardagi hajmlarga yaqinlashdi.

Kiritildi: 20:13 27.03.2023. O'qildi: 1273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!