Bugun 30 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Global muammo: Dunyoda har o‘ninchi o‘smir ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter o‘yinlariga qaram

Global muammo: Dunyoda har o‘ninchi o‘smir ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter o‘yinlariga qaram

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi asrdagi global muammo — ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter o‘yinlariga qaramlik oqibatlari haqida hisobot e’lon qildi.

Unda qayd etilishicha, ushbu muammo tufayli dunyo bo‘yicha har o‘n o‘smirdan biri psixologik qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, ana shu o‘g‘il-qizlar o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik darajasi 2018 yili 7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 11 foizga oshgan.

“Ana shu o‘smirlarning 12 foizi ruhiyati va xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi dasturiy o‘yinlar ta’siriga tushib qolgani jiddiy xavotir uyg‘otadi”, — deyiladi hisobotda.

Mazkur xulosalarni olish uchun 2022 yili Yevropa, Markaziy Osiyo davlatlari va Kanadani qamrab olgan 44 mamlakatda 11, 13 va 15 yoshli 280 mingga yaqin yoshlar o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur qatlamning 11 foizi ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lib qolgan. Bu holat qizlarda (13 foiz) o‘g‘il bolalarga (9 foiz) nisbatan ko‘proq. Kompyuter o‘yinlariga bog‘lanib qolish holati esa o‘g‘il bolalarda (16 foiz) qizlarga (7 foiz) nisbatan yuqori.

Shundan kelib chiqib, ekspertlar muammoning oldini olish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan hukumatlarga tegishli tavsiyalar berdi.

Kiritildi: Bugun 14:00. O'qildi: 341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!