Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Global energetika inqiroziga bir qadam qoldi

Global energetika inqiroziga bir qadam qoldi

Yaqin Sharqdagi mojaroning yanada avj olishi va keng ko‘lamli urushga aylanishi energetika sohasida global inqirozga olib keladi. Bu haqda Iroq tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn ma’lum qildi, deya xabar bermoqda "Shafaq News" portali.

"Mintaqada keng ko‘lamli urushning boshlanishi energiya manbalari eksporti va jahon kemachiligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va shu bilan global energiya inqirozini keltirib chiqaradi," - dedi u.

Husayn, Iroq hukumati o‘z hududidan qo‘shni davlatlarga, jumladan Eronga, hujum qilish uchun foydalanishni mutlaqo qabul qila olmasligini alohida qayd etdi.

Kiritildi: 17:48 14.10.2024. O'qildi: 1279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!