Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Geyts Maskni "dunyoning eng kambag‘al bolalarini o‘ldirmoqda" deb aybladi

Geyts Maskni "dunyoning eng kambag‘al bolalarini o‘ldirmoqda" deb aybladi

Amerika milliarderi Bill Geyts «Financial Times» gazetasiga bergan intervyusida tadbirkor va AQSh Davlat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Maskni tashqi yordamni qisqartirgani uchun tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu harakat "dunyoning eng kambag‘al bolalarining o‘limiga" olib kelmoqda.

Geyts ta’kidlaganidek, AQShning tashqi yordamni keskin qisqartirishi qashshoq hududlarda oziq-ovqat va muhim dori-darmonlar yetishmasligiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa qizamiq, OITS (VICh) va poliomiyelit kabi xastaliklarning yangi tarqalishiga olib kelishi mumkin.

“Dunyodagi eng boy odam dunyodagi eng kambag‘al bolalarni o‘ldirayotgan manzara — bu jozibador emas”, — dedi Geyts.

Kiritildi: 22:02 08.05.2025. O'qildi: 1088 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!