Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Germaniyaning davlat qarzi rekord darajaga yetdi

Germaniyaning davlat qarzi rekord darajaga yetdi

Statistik idora ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyaning bir nafar fuqarosiga nisbatan davlat qarzining umumiy miqdori 28 155 yevroni tashkil qilyapti.

Germaniya Federativ Respublikasining davlat qarzi rekord darajaga yetdi. 2022 yil oxirida federal, yer va munisipal byudjetlar, shuningdek, ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalarining qarzi birgalikda qariyb 237 milliard yevroni tashkil etdi, deb xabar berdi 29 mart, chorshanba kuni Visbaden Federal statistika boshqarmasi so‘nggi yil uchun dastlabki ma’lumotlarni e’lon qilib. Bu 2021 yilgi qarzdan 2 foizga ko‘pdir.

Germaniyaning har bir fuqarosiga to‘g‘ri keladigan davlat qarzining umumiy miqdori 28 155 yevroni tashkil etyapti, deyiladi idora xabarida. Bir yil oldin u 27 922 yevroga teng edi.

Federal qarz 2021 yilga nisbatan 4,6 foizga oshdi. Bu, birinchi navbatda, energiya inqirozi va COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq holda moliyalashtirishni ko‘paytirish zarurati tufayli sodir bo‘ldi, deydi statistika xodimlari.

Hududiy yerlar darajasida qarz 5 foizga kamaydi. Ijobiy dinamikani Saksoniya-Anhaltdan tashqari deyarli barcha federal yerlar ko‘rsatdi. Munisipal byudjetlarning qarzlari o‘tgan yilga nisbatan 4,4 foizga oshdi.

Kiritildi: 20:08 29.03.2023. O'qildi: 2620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!