Nashr Putinning harakatlari va Trampning hokimiyatga kelishi tufayli dunyoda xavfsizlik bo‘yicha vaziyatning yomonlashganini qayd etdi. Xavotirlar Belarusda rossiyalik harbiylar ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik mashg‘ulotlar bilan bog‘liq.
"Boltiqbo‘yi davlatlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar davomida Rossiya Qurolli kuchlari chegarani kesib o‘tishi mumkin. Shu bilan birga, NATO nizomining beshinchi moddasi, kamida AQSh uchun, amal qilishdan to‘xtashi, bu esa alyansning tiyib turish salohiyatini susaytirashi ehtimoli bor", deb yozadi Bild.
Bundan tashqari, nashr Bundesverda o‘q-dorilar yetishmovchiligi, dronlar parkining eskiligi va harbiy sharoitlarda dronlardan foydalanishga tayyorgarlikning yetarli emasligi kabi muammolar mavjudligini qayd etdi.