Germaniyaning Saar shtatidagi Fyolklingen shaharchasidagi markaziy temir yo‘l stansiyasi yaqinida portlash sodir bo‘ldi, natijada bir kishi halok bo‘ldi va to‘rt kishi og‘ir jarohat oldi.
Nemis ommaviy axborot vositalari polisiyaga tayanib, voqea haqida xabar berishmoqda.
"Voqea joyiga yetib kelgan polisiya xodimlari bir kishining o‘lganini va to‘rt kishining og‘ir jarohat olganini aniqladilar. Hodisa sababi va holatlarini tekshirish davom etmoqda", dedi polisiya.
Yaradorlardan ikki nafari og‘ir ahvolda.
Hodisa 18 aprel kechasi sodir bo‘lgan. Polisiyaga temir yo‘l stansiyasi yaqinidagi yer osti piyodalar o‘tish joyi yaqinida baland ovozda portlash haqida ko‘plab qo‘ng‘iroqlar kelib tushgan. Tergovchilar bir nechta nazariyalarni ko‘rib chiqmoqdalar: portlatilgan buyum jarohatlanganlardan birining qo‘lida bo‘lgan bo‘lishi mumkin, u portlash joyiga uchinchi shaxslar tomonidan qo‘yilgan bo‘lishi mumkin yoki odamlar o‘tish joyida bo‘lganida noma’lum shaxslar tomonidan u yerga qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.