Leypsig markazidagi Grimmaysheshtrasse ko‘chasida mashina odamlar ustiga haydaldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan va bir necha kishi jarohatlangan, deb xabar beradi Germaniyaning BR radiosi Leypsig meri Burkxard Yungga tayanib. Leypsig radiosi xabar berishicha, shikastlangan Wokswagen SUV piyodalar yo‘lakchasidan tezlikda o‘tib ketayotgan edi. Guvohlarning radiostansiyaga aytishicha, voqea joyida bir nechta jasadlar choyshab bilan qoplangan. Ba’zilar jarohat olgan. Saksoniya polisiyasi ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi hibsga olinganini e’lon qildi. Polisiya o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari fuqarolarni hushyor bo‘lishga va zarur bo‘lganda favqulodda xizmatlarning ko‘rsatmalariga amal qilishga chaqirdi.