Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Germaniyada «kokainli pissa» sotib kelgan narkoguruh qo‘lga olindi

Germaniyada «kokainli pissa» sotib kelgan narkoguruh qo‘lga olindi

Germaniyaning Dyusseldorf shahrida pissa yetkazib beruvchilar niqobi ostida faoliyat yuritib kelgan narkoguruh qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bild.

Qayd etilishicha, giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchi guruh soxta «pissaxona» tashkil etgan va menyuda 40 raqami ostidagi tovar eng ko‘p buyurtma qilingan, bu — kokainli pissa. Buyurtmachilar shu orqali giyohvand modda yetkazib berilishini yaxshi bilgan.

«Bu eng talabgir pissalardan biri edi», — deydi polisiya boshlig‘i Mixael Graf fon Moltke. Shuningdek, sotuvda marixuanali «pissa» ham bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari «pissaxonaning» 36 yoshli egasining uyiga bostirib kirgan vaqtida u ichida 1,6 kilogramm kokain, 400 gramm marixuana va 268 ming yevro bo‘lgan sumkani derazadan uloqtirib yuborgan.

Tergov davomida giyohvand moddalarni yetkazib berish bilan shug‘ullangan uch kishi va 12 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Operasiyaga Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerlarining 150 nafar polisiyachisi jalb etilgan. Shuningdek, ikkita kannabis plantasiyasi ham topilgan, gumonlanuvchilardan qurollar, pul va qimmatbaho soatlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Kiritildi: 23:20 22.10.2024. O'qildi: 347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!