Bugun 27 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Germaniyada irqchi neonasistlar guruhining faoliyati taqiqlandi

Germaniyada irqchi neonasistlar guruhining faoliyati taqiqlandi

Germaniya Ichki ishlar vazirligi irqchi neonasistlar guruhi “Hammerskins Germany”faoliyatini taqiqladi.

Bu haqda “Nachrichten.at” nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Report” .

Ma’lum qilinishicha, o‘ta o‘ngchi “Hammerskins” va uni qo‘llab-quvvatlovchi “Crew 38” guruhlari Germaniya konstitusiyasiga qarshi gapirgani uchun taqiqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 19-sentyabr kuni Germaniyaning 10 shtatidagi 28 ta aholi punktida guruh markazlarida operasiya o‘tkazilib, ularning mollari olib qo‘yilgan.

Ichki ishlar vaziri Nensi Fayzer bu taqiqning uyushgan o‘ta o‘nglar uchun og‘ir zarba ekanligini aytdi: “Bu bilan Germaniyada xalqaro darajada faoliyat yuritayotgan neonasist tashkilotining insoniyatga qarshi harakatlariga chek qo‘ydik. Bu bilan biz irqchilik va antisemitizmga qarshi aniq signal yubordik”.

Vazir ta’qiqlashga tayyorgarlik bir yil davomida olib borilganini ta’kidlab, AQSh rahbariyatiga bu yo‘nalishdagi ko‘mak uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada taxminan 130 a’zosi borligi aytilgan "Hammerskins Germany" 1988 yilda AQShda tashkil etilgan "Hammerskins Nation" tashkilotining davomi hisoblanadi. Guruh Germaniyada konsert tadbirlarini tashkil qilish orqali o‘ta o‘ng tashviqotni olib boradi. Bu guruhning tugatilishi bilan Germaniya Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqiqlangan irqchi tashkilotlar soni 20 taga yetdi.

Kiritildi: 09:55 20.09.2023. O'qildi: 1727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!