Berlindagi Brandenburg darvozasida ish beruvchilar va kompaniyalar uyushmalari vakillarining namoyishi bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar Germaniyaning hozirgi iqtisodiy siyosatini tubdan o‘zgartirishga chaqirmoqda.
Bu haqda Germaniya OAVlari xabar bermoqda.
Tadbir iqtisodiyotning turli sohalaridagi yuzlab kompaniyalar va ish beruvchilar uyushmalarini birlashtirgan Aktionsb ndnis Wirtschaftswarntag (Ogohlantiruvchi iqtisodiy kun uchun ittifoq) tomonidan uyushtirildi.
Alyansning ta’kidlashicha, namoyish 23 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari saylovlardan keyin tuziladigan bo‘lajak hukumatga iqtisodni qo‘llab-quvvatlash uchun islohotlar o‘tkazish zarurligidan dalolat beradi.
Xuddi shunday norozilik namoyishlari Gamburg, Myunxen, Shtutgart, Lingen va qator korxonalarda bo‘lib o‘tmoqda.