Germaniyaning Kyoln shahrida 2-jahon urushidan qolgan portlamagan snaryad topilgani sababli 7 mingga yaqin odam uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda "TASS" yozmoqda.
Pors-Vestxoven hududida qurilish ishlari olib borilayotganda Amerikada ishlab chiqarilgan 20 tonna sig‘imli bomba topilgani haqida Bild gazetasi xabar bermoqda. 1 km radiusdagi barcha aholiga uylarini tark etish tavsiya qilindi. Ushbu chora 7 mingga yaqin aholiga, shuningdek, poliklinika bemorlariga, qariyalar uyiga va yuk stansiyasi vakillariga ta’sir ko‘rsatdi. Snaryad topilgan joyda portlovchi moddalarni zararsizlantirish xizmati xodimlari ishlamoqda.
Avvalroq Kyolnda Ikkinchi jahon urushidan qolgan ikkita bomba topilgani va zararsizlantirilgani xabar qilingandi.