Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Germaniyada chiplar ishlab chiqaruvchi Intel zavodi qurilishi to‘xtatildi

Germaniyada chiplar ishlab chiqaruvchi Intel zavodi qurilishi to‘xtatildi

"Yo‘qotishlar bilan kurashayotgan kompaniyamiz Germaniyaning Magdeburg shahridagi zavod qurilishini taxminan ikki yilga kechiktirdi", — deya ma’lum qildi Intel bosh direktori Pet Gelsinger.

Bir necha oy oldin u zavod ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanishi va bu orqali Intel o‘z raqobatchilariga yetib olishini aytgan edi. Zavodning poydevor qo‘yish marosimi joriy yilda o‘tkazilishi, ishlab chiqarish esa 2027 yoki 2028 yilda boshlanishi kutilayotgan edi.

Magdeburgdagi Intel zavodiga kiritilgan sarmoyalar 30 milliard yevroga baholangan. Bundan tashqari, Germaniya hukumati kompaniyaga 9,9 milliard yevro miqdorida davlat yordami berishga va’da bergan.

Biroq so‘nggi chorakda konsern milliardlab dollar zarar ko‘rdi. Avgust oyi boshida korporasiya bosh direktori 15 ming ish o‘rni qisqarishi haqida e’lon qildi – bu umumiy xodimlar sonining taxminan 15 foizini tashkil etadi. Shu bilan birga, kompaniya AQShdagi zavodlar qurilishiga ham sarmoya kiritmoqda, u yerda Intel Amazon bilan birgalikda chiplar ishlab chiqarishi kutilmoqda.

Kiritildi: 20:02 17.09.2024. O'qildi: 1221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!